Зизифус настоящий (Chilonjiyda) Unabi Xitoy UZBEKISTAN, Hindiston, Janubiy Koreya, Afgʻoniston, Pokiston, AQSH va Rossiya kabi davlatlarda katta miqdorda yetishtiriladigan chilonjiyda mevasi tarkibida oʻrtacha 25-32 foiz, quritilganda 63, 8 foizgacha shakar, 2, 6 - 3, 4 foiz oqsil, 3, 7 foizgacha moy, 10 foizgacha tannid moddasi, 250 - 1300 mg foizgacha C vitamini, kaliy, magniy va pektin moddalari mavjud.
Tibbiyotda shamollashga qarshi, immunitetni oshiruvchi, qonni suyultiruvchi, asab sistemasini tinchlantiruvchi, yurak qon-tomir kasalliklari, ayniqsa, qon bosimiga qarshi hamda qon tarkibidagi xolesterin moddasini kamaytirish uchun foydalaniladi.
Unabi mevasidagi vitaminlar miqdori limon va apelsinga qaraganda 10-15 barobar koʻpdir. Bu nafaqat dorivorlik xususiyati bilan, balki mevali oʻsimlik sifatida ham alohida eʼtiborga molik. Shu sabab koʻpgina davlatlarda uning yirik mevali serhosil navlari yaratilgan.
Bundan tashqari, unabi daraxti qurgʻoqchilikka, issiq, sovuq, kasallik va zararkunandalarga chidamli boʻlib, uzoq umr (300-yilgacha) koʻradi.
№498 Created: September 15